Xurshid Davron. Bibixonim Qissasi yoki tugamagan doston

11.01.09 | Xurshid

http//photoload.ru/data/32/01/8b/32018b4a1d7ec5c2cf95fb183bad2e55.jpg

<b>Bibixonim Qissasi yoki tugamagan doston</b>
Author: Xurshid Davron
Publisher: Toshkent.,'Yosh gvardiya'
Publication date: 1990
Number of pages: 73
Format / Quality: PDF/DOC
Size: 1,45 Mb
Language:Uzbek
Цитата:
Bahorning o'rtasi edi. Bir kuni tong quvib ketayotgan zulmat qo'ynidan boqqa bir qush uchib keldi. U yam-yashil daraxtlar ustida, shoxlar uehiga tegay-tegay deb uzoq aylandi.
Men bunday qushni umrimda birinchi ko'rishim edi. Uning qanotlari hayit kuni qizaloq kiygan ko'ylakning yengidek harir, ko'zlari Afrosiyob devorlariga chizilgan pari-paykarlar ko'zlariga o'xshardi. Bog' ustida charx aylanaverib toliqqan qush, uni ko'rishi bilan bejo tepa boshlagan yuragimni ma'yus hislarga to'ldirib, nolakor qichqirdi-yu, qanotlarini shiddat bilan silkitib, zarracha dog' bo'lmagan, tip-tiniq osmon qo'yniga singib ko'zdan yo'qoldi.
Men bugun nimadir bo'lishini sezdim ...
O'sha kuni peshindan keyin kulbamga ikki do'stim kirib keldi. Choy-non ustida suhbatlashib o'tirib, ularning biri rus adibi Viktor Vitkovichning o'zbek tilida nashr qilingan "Davomli maktublar" kitobi haqida so'z ochdi. U kitobda O'zbekiston o'tmishiga oid juda qiziq hikoyalar, ayniqsa, Bibixonim bilan bog'liq g'aroyib voqea borligini aytar ekan, to'satdan:

- O'sha voqea dostonbop ekan, yozmaysizmi? - deb qoldi.

Shu gap sabab bo'ldi-yu, ikki-uch kundan keyin "Davomli maktublar"ni topib o'qib chiqdim.

* * *

Bugun bu yorug' dunyoda bor-yo'g'i ikki kungina yashagan go'dakni tuproqqa topshirib qaytdik ...
Uning onasi bolasi dunyodan ko'z yumganidan bexabar o'lim bilan olishib yotardi. Go'dakning otasi - hali turmushning achchiq-chuchugini totmagan, boshiga ilk marta tushgan bu noayon va notanish, beshafqat va qattol zarbadan garangsirab qolgan yoshgina yigit bolani ko'mishga borgan mendan va sherigimdan bu falokat siri va sababini izohlab berishimizni so'ragandek mo'ltirab boqardi. Sherigim - ko'pni ko'rgan odam: "Hechqisi yo'q, do'stim, hali umr oldingizda, bolalaringiz belingizda. Bir yarim kilolik etni deb o'zingizni qiynayvermang", -- deb tasalli taskin berar, ammo bu taskin, bola otasining bilmadim, mening yurak-bag'rimni o'yib borardi.
Foniy dunyo azob-u uqubatini, quvonch-u shodligini ko'rmay ko'z yumgan go'dak o'limi - arosat davrimizning haybatli va chigal jumboqlari, dahshatli fojialari oldida hceh nima emasdek tuyulardi. Ammo dunyoda yashash, imon va vijdon oldidagi mas'uliyat hamisha eng oddiy jumboqlar va voqealar oldida ojiz qolmaganmi? Bu ojizlik inson qismatining asosiy mezoni emasmi?
Go'dak o'limining Bibixonim bilan qanday bog'liq yeri bor ekan, deb o'zingizni qiynamang. Baribir o'ylab topolmaysiz. Ammo men Bibixonim haqidagi ushbu tarixiy badiani yozayotgan paytimda yuz bergan har qanday voqea, ongimda g'imirlagan har qanday fikr, yuragimda uyg'ongan har qanday his-tuyg'u Samarqand Malikasiga bog'liq, deb bilaman.
Bobolarimiz: "O'lim haq!" - deganlar. Bunga shak keltirmayman. Biroq har qanday o'lim ham haq bo'lmasligini ham bilaman. Ana shu alg'ov-dalg'ov davrning zanglagan piehoqlari asab qillarini tinmay arralayotganini, zahar bilan to'yingan havoning bizni bo'g'ayotganini, meva-cheva tugul, havo, ona suti tarkibida paydo bo'lgan zahri qotilning go'daklar umriga zavol bo'layotganini ko'rib-bilib turib "O'lim haq!" - deyishimiz gunoh emasmi?!

************************************************************************************************************

************************************************************************************************************

Поделитесь записью в соцсетях с помощью кнопок:

Просмотров: 28458
Рейтинг:
  • 5