Rauf Parfi.'Ona Turkiston'

11.11.08 | Xurshid

http//photoload.ru/data/3d/8e/28/3d8e28caf901313a554cebc7d32e67e5.jpg


Ona Turkiston
Автор: Rauf Parfi (1943 - 2005)
O'zbek tilida/на узбекском языке
Издатель: Ziyouz.com
Количество страниц: 25
Формат / качество: Pdf
Размер: 125 kb


Цитата:
Rauf Parfi (taxallusi - O’zturk) 1943 yil 27 sentyabrda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumaniga qarashli Sho‘ralisoy qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi Parfi Muhammadamin savodli bo‘lib, Farg‘onaning Vodil qishlog‘idan sho‘rolar quvg‘ini tufayli Sho‘ralisoyga kelib qolgan. Onasi - Sakinaxonim Isabek qizi ham asli Farg‘onadan edi. Rauf 1958 yilda 8-sinfni tugatgach, o‘qishni Yangiyo‘l shahridagi kechki maktabda davom ettiradi, mehnat faoliyatini boshlaydi. Shoir 1960-1965 yillarda ToshDUning filologiya fakultetini tamomlagan (diplom ololmagan). Rauf Parfi gazetalarda, Kinematografiya davlat qo‘mitasida, G’afur G’ulom nashriyotida, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida, shu uyushmadagi Targ‘ibot markazida, «Jahon adabiyoti» jurnalida (1997-1999) ishladi. Rauf Parfi «O’zbekiston xalq shoiri» dir (1999). U 1992 yilda xalqaro Mahmud Qoshg‘ariy sovriniga sazovor bo‘lgan.
Rauf Parfi Bayronning «Manfred», Nozim Hikmatning «Inson manzaralari», Mahmud Hodiyning «Ozodlik lavhalari» («Alvohi intiboh»), Karlo Kaladzening «Dengiz xayoli», A. Dyumaning «Uch sarboz» va boshqa asarlarni o‘zbek tiliga o‘girgan.
Asarlari: «Karvon yo‘li» (1969, birinchi she’riy kitobi), «Aks - sado» (1970), «Tasvir» (1973), «Xotirot» (1974), «Ko‘zlar» (1976), «Qaytish» (1981), «Sabr daraxti» (1986), «Sukunat» (1989), «Tavba» (2000) kabi to‘plamlari, «Sukunat» (1991), «Adashgan ruh» dostoni, «Hijrat», «Men yolg‘izman», «Pag‘a-pag‘a oppoq qor yog‘ar», «Ona Turkiston» (1992), «Turkiston ruhi» (1993), «Saylanma» (1993), «Tong otmoqda», «Shoir», «Xato qildim», «Cho‘lpon», «Yomg‘ir yog‘ar» (bunda yomg‘ir ilhomning ramzi) kabi she’rlari, «Abdullajon» marsiyasi va boshqalar.

Поделитесь записью в соцсетях с помощью кнопок:

Просмотров: 5918
Рейтинг:
  • 5