Gulbadanbegim:Har kimki,meni sorsa,salomimni degil

31.12.08 | Xurshid

http//photoload.ru/data/c1/50/2a/c1502ae5a4d514baec129f729c266e.jpg

Gulbadanbegim:Har kimki,meni sorsa,salomimni degil
Author: Suyima Ganiyeva
Publisher: 'O'zbekiston adabiyoti va san`ati' gazetasi
Publication date: 14 Avgust 2008
Language:Uzbek/Ozbekcha

Har kimki,meni sorsa,salomimni degil!


Bobur bunyod etgan davlat, garchi bobolariniki singari bepoyon mintaqalarga yoyilmagan bolsa-da, u oz saltanatining sultoni buyuk imperator darajasiga kotarildi. Oz mulkida boshqaruv tizimini mahkam tutib, uni mohirlik bilan idora qildi. Bu olkani mahorat bilan boshqargan buyuk sulolaga asos soldi, deb yozadi Margaret Rumer Goden ozining Gulbadan nomli kitobida.
Gulbadanbegim Boburshoh va Dildorbegimning uchinchi qizidir. U 1523 yili Kobulda tugilgan. Bobur rayiga kora, uni Mohimbegim tarbiyalagan. Bu goyat gozal, aqlu idroki yuksak, nihoyatda xushfel va mulozamatli ayol Humoyun mirzodan boshqa yana 2 ogil va 2 qiz korgan, lekin ular yoshligida vafot etganlar. Shu bois, Bobur Gulbadanni unga topshirganda farzandlar dogidan birmuncha chalgishini ham nazarda tutgan korinadi.
Gulbadan yoshlikdan juda idrokli, kitobsevar, odobli, tahsilga berilgan qiz bolgan. 7-8 yoshlaridan Humoyun, Komron, Askariy, Hindol, Gulrangbegim, Gulchehrabegim va Gulbadanbegim uning yonida bolishgan.
1529 yilga qadar Kobulda yashagan Gulbadanbegim keyin Ograga kelgan edi.
Gulbadanbegim Humoyunshoh saroyidagi nufuzli mansabdorlardan bolgan Xizrxojaxonga uzatilgan va undan ikki ogil, bir qiz korgan.
Gulbadanning tarixiy asarlarga dilbastaligini bilgan, Humoyundan keyin taxtga otirgan Akbarshoh, unga Humoyunnomani yozishni taklif qilgan. Boburnomaning oziga xos bir davomi bolgan bu asar 1552 yili Komron mirzoning koziga mil tortilishi daxshatli voqea bayoni bilan tugallanmay qolgan.
1902 yili Annetta Beverij tomonidan Humoyunnoma ingliz tiliga, 1959 yili esa, S.Azimjonova tomonidan ozbek tiliga tarjima qilinib, nashr etildi. Hozirda A.Quronbekov bu asarning yangi tarjimasini tayyorladi.
Ana shu noyob asarning muallifi haqida ingliz adibasi Margaret Rumer Goden (1904 1998) 1980 yili Gulbadan nomli kitob yozdi. Asar tort qismdan iborat:

1. Boburshoh davri;
2. Boburshoh;
3. Humoyun hukmdorligi davri;
4. Akbar hukmdorligi davri.

Asarda qaysi shoh davri bolmasin, nima haqda soz ketmasin, asosiy timsol Gulbadanbegim, uning hayotiga oid tafsilotlar muallifning diqqat markazida turadi.
Muallif muslima ayollar taomillarga yoshlikdan rioya qilishlarini alohida takidlaydi. Shu manoda, u oz qahramonining Boburga oxshash tabiatini doim nazarda tutadi. Kitob mutolaa qilganini, Quroni karimni bilishini, besh vaqt namozni ado etib, etiqodining mustahkam bolishiga nechogli intilganini orni-ornida bayon etadi.
Mohimbegim (Boburning katta xotini) Kobuldan Ograga kelishida birga bolgan Gulbadanning jajji qiz bolishiga qaramay, xotirasini hayajonli kuzatuvlar bilan toldirib borgani asarda tasirli ifodalangan. Boburning Mohimbegim istiqboliga chiqqani, otining jilovidan tutib, uyiga yetguncha piyoda kelgani haqidagi lavha Hindistonda elon qilingan ingliz tilidagi bir maqolada: Bu holat uning jentelmenligini korsatadi, deya talqin etilgan edi. Bu talqin, bir tomondan, Boburning Mohimbegimga mehr-muhabbatini ifodalasa, ikkinchi tomondan, Bobur shaxsiyatidagi oliyjanoblikni, sadoqatli ayolga muruvvatli bolishdek fazilatlarini namoyon qiladi.
Asarda Gulbadanning Bobur huzurida bolishi, shoh otkazgan yigin, ziyofatlarning ishtirokchilari (asosan, ayollar) haqidagi mufassal hikoyatlari badiiy yosinda keltirilgan. Ayni chogda, turli-tuman yurishlaru kongilsiz voqealar, fitna-fujurlarga munosabati ham izchil yoritib berilgan.
Asarda Boburning oxirgi damlari Gulbadan nomidan yoniq iztirob bilan, Boburnomadagi takidlarga asoslanilib, yoziladi. Lekin Humoyunnomada bu tafsilot anchayin boshqacha bayon etiladi. Humoyunning ogir ahvolini korgan Bobur ozining yozishiga kora, ...tabiblar har necha doru darmon berdilar yaxshi bolmadi. Mir Abdulqosimkim, ulug kishi erdi, arzga yetkurdikim, ushmundoq dardlarga darmon budurkim, yaxshi nimarsalardin tasadduq qilmoq kerak. Toinki tengri taolo sihhat bergay. Mening konglumga keldikim, Muhammad Humoyun(ning) mendin ozga yaxshiroq nimarsasi yoq. Men ozum tasadduq bolayin, Xudo qabul qilsun. Xoja Xalifa, ozga muqarrablardin arzga tegurdilarkim, Muhammad Humoyun sihhat topar, siz bu sozni nechun tilingizga kelturasiz. Garaz budurkim, dunyo molidin yaxshisini tasadduq qilmoq kerak. Bas, oshal olmoskim, Ibrohim urushida tushub erdi, Muhammad Humoyunga inoyat qilib erdingiz, tasadduq qilmoq kerak. Tilga keldikim, dunyo moli aning evaziga nechuk bolgay, men aning fidosi qilurmenkim, hol ancha mushkul bolubtur. Va andin otubturkim, men aning betoqatligiga toqat kelturgaymen. Oshal holatga kirib, uch qatla boshidin orgulub, dedimkim: Men kotardim har ne darding bor. Oshal zamon men ogir boldum, ul yengil boldi. Ul sihhat bolub qopti, men noxush bolub yiqildim. Ayoni davlat va arkoni mamlakatni chorlab, bayat qollarini Humoyunni qoliga topshurdum.
Gulbadanbegim Humoyunnomada bu fojeali lavhaning davomini quyidagicha yozadi: Yaqin ikki-uch oy (kasal bolub) yotib qoldilar. ... har soat Hindol qaerda... qanday bolib ketgan, kimga oxshaydi, deb sorardilar... Tabiblar hazratning tomirlarini korib, Sulton Ibrohimning onasi bergan zaharning alomati bor, deyishdi... 937 yili jumad il-avval 5-kuni dushanba kuni vafot tarixlaridur.
Asarda Mohimbegimning tabiatiga oid tafsilotlar ham anchagina. U 940 yil shavvol oyining 18-chi kuni (1534 yil 23 aprel) olamdan otadi.
Humoyunning Hamidabonuga uylanishi tafsilotlari bir qadar Humoyunnomadan malum edi. Gulbadan asarida Humoyunning bu xususda tush korgani bayoni bor: bir avliyo kelib, tushkunlikka tushganida unga tasalli berib: Mardona bol, gam chekma, deya qolidagi asoni unga tutqazibdi va Ollohning marhamati bilan sen bir ogil korasan. Ismini Jaloluddin Muhammad Akbar qoygin, debdi. Humoyun avliyoning ismini soraganda Janda Fil Ahmad Jomiy, u farzand mening naslimdan boladi, deb javob beribdi.
Hamidabonuning 1542 yil 12 avgustda Amarxot degan joyda erta tongda kozi yoriydi Akbar tugiladi. Humoyunning uzoqdaligi, podshohlikning qiyin ahvoldaligi asarda yaxshi yoritilgan. Podshohning mulozimlaridan Javhar oftobachining xotiralaridan shunday bir tasirli, nekbin orzu bilan yogrilgan lavha keltiriladi: Podshoh hazratlari menga bir dona mushk olib kelishni buyurdilar. Keyin chinni tovoq keltirishni soradilar va mushkni sindirib, bolaklarini beklariga tarqatdilar-da: bu oglimning tavalludi munosabati bilan sizlarga bera oladigan yagona hadyamdir. Lekin, aminmanki, uning shuhrati hozir xuddi shu mushk hidi chodirni toldirib turganidek, bir kuni kelib butun jahonga taraladi, dedilar.
Margaret Goden asaridagi bazi malumotlar boshqa manbalardagidan farqlidir. Masalan, Humoyunning Dehlidagi hashamatli maqbarasi Hamidabonu tomonidan qurdirilgan, deyilardi. Asarda yozilishicha, uni Humoyunning katta xotini Hojibegim qurdirgan va chodir tikib qurilish ishlarini shaxsan ozi kuzatib turgan ekan.
Gulbadanbegimning haj ziyorati haqidagi malumotlarda ham u hajga Komron mirzo bilan borgan, deyilardi. Vaholanki, u hajga Humoyunning katta xotini Hojibegim, Boburning kanizagi Gulnor, xonanda Sarvqad, Askariy mirzoning bevasi, Gulsum ismli nabirasi bilan borgan ekan. Safar mobaynidagi mashaqqatlar asarda batafsil va hayajonli yoritilgan. Yetti yildan song, 1582 yil may oyida Gulbadan va hamrohlari Ograga qaytadilar.
Xonzodabegimning Shayboniyxonga tegishga rozi bolgani, bu gozal va oqila ayolning onasi, ukasi Boburning, ikkinchi eri va yolgiz farzandi Xurramshohning hayotdan koz yumishlari, shahzodalarning nizolari uni charchatgani, ogli vafotidan keyin asrab olgan qizining Hindol mirzoga uzatilishi, Qandahordan Kobulga qaytishda uch kun isitmalab vafot etgan Xonzodabegim toglar orasidagi bir qishloqda dafn etilishi va uch oy otgach Bogi vafoga keltirib, Boburshoh yoniga qoyganlari bayoni asardagi goyat yodda qoladigan tafsilotlardir.
Margaret Rumer Goden oz asarini yaratishda Boburnoma, Humoyunnoma, Akbarnoma va Hindistonda yaratilgan bir qancha tadqiqotlar, xotiralarga tayangan, ulardagi malumotlarni ayolning nafis qalbi, teran aqlu idroki, pokiza etiqodi, ezgu orzulari, dardli armonlari bilan boglab talqin qilgan.
Sharq mumtoz adabiyotidagi shoiralar haqidagi tazkiralarda Gulbadanbegimning shunday bir bayti keltiriladi:

Har pariroyonki, u ba oshiqi xud yor nest,
Tu yaqin medonki, hech az umr bar xurdor nest.

(Har bir pari yuzli gozal oz oshiqiga yor emas ekan, sen aniq bilgilki, u hayotdan bahramand emas.)

Majoziy muhabbat tarannum etilgan mazkur bayt zamiridagi orzu-armonlarga ishora aniq sezilib turadi.
Muarrix va shoira Gulbadanbegim ulug otasi Boburshoh xotirasiga tazim qilib yashagan, uning yoniq yurak bilan yozgan gazal va ruboiylarini yoddan bilgan, albatta. Shu orinda Boburning bir ruboiysini keltirish joyiz korindi:

Ey yel, borib ahbobqa komimni degil,
Har kim meni bilsa,bu kalomimni degil,
Mendin demagil gar unutulgon bolsam,
Har kimki, meni sorsa salomimni degil.

Suyima Ganiyeva

O`zbekiston adabiyoti va san`ati
14 Avgust 2008

:

: 9819
:
  • 5