Nabi Jaloliddin. Umar Xayyom (Oraliq). Roman

02.05.13 | yabgu

http//photoload.ru/data/77/4f/0c/774f0c7c4bd9ffb57a74251f18aa5a.jpg


Umar Xayyom (Oraliq). Roman/Умар Хайём (Оралиқ).Рўмон
Author: Nabi Jaloliddin / Наби Жалолиддин
Source: www.ziyouz.com
Publication date: 2011
Number of pages: 206
Format / Quality: PDF/DOC
Size: 7,13 Mb
Language: Uzbek

Цитата:

I B T I D O


Bismillahir rohmanir rohiym.
Jumla olamni, bu hadsiz koinotni o‘z qudrati va mehri ila bino etib, unda insonni mukarram qilgan Rahimu Rahmonga, bandasiga Aql atalmish mo‘‘jizani berib, fikrlatib qo‘ygan, qalb otlig‘ sirli hilqatni ato qilib, uni Ishq va Haqiqat nasiymlari ila muattar etgan karamli Zotga beadad hamdu sanolar bo‘lsin.
Ummatiga shafoatlar tilagan, zaminga boqiy saodatning ilk mujdalarini yetkazgan sarvari olam, Sayyidul Koinot Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallamga salotu salomlar bo‘lsin. Va ul Zotning ahli bayti va sahobalariga ham salotu salomlar bo‘lsin.
Ammo ba’d, bu miskin bir tarixi muborakni bayon etmoqni niyat qildiki, Olloh rozi va madadkor bo‘lg‘ay.

* * *


U yo‘l izlaguvchi edi. Kunu tun, tushu xush yo‘l izlardi. Bu hatto bir kecha suratan ayon bo‘ldi: u sarosar kezardi, joni halqumida, ko‘ngli tug‘yonda, butun vujudi lov-lov yonardi. Bu yo‘l boshida g‘ala-g‘ovur ila turgan odamlarning qoshiga yetdi. Jigar-bag‘ri xun, qovrilib yetdi.
-Bu yo‘l qay ma’voga olib boradi?-deya so‘radi yonib. Odamlar parvo qilmadilar.
-Ey, odamlar, bu yo‘l qayga boradi axir?!
Yana hamma jim. Ba’zilari ajab jilmayib, yelka qisdilar.
U yana chopa ketdi. Tovonidan, bag‘ridan o‘t chiqa chopdi. Alhol tag‘in bir yo‘l boshidagi odamlar qoshiga yetdi.
-Bu yo‘l qay go‘shaga eltadi?-dedi ularga butun vujudidan ter quyilib. Odamlar jim turaverdilar.
-Ey, odamlar, ayting axir, bu yo‘l qay ma’voga olib boradi?! Javob yo‘q.
Yana chopa ketdi. Yana yo‘l.
Yana savol.
Yana javob yo‘q.
Bu hol qaytarilaverdi.
Axiyri holdan toyib, yiqilar paytida ko‘zlari oldidagi xira parda yo‘qolib, soqoli-yu kiyim-boshi oppoq nuroniy zot paydo bo‘ldi. Uning yuzidagi haliym va yoqimli tabassumni ta’riflamoqqa til ojiz edi. U yana «Yo‘l!..» dedi ovozi bazo‘r chiqib.
-Yo‘l?!..
-Axir har bir yo‘lning avvali ko‘ngilda-ku. Yo‘lning boshini ko‘nglingdan izla!
Endi uning vujudiga unga notanish halovat ina boshladi va shuurini ajib bir oydinlik qamramoqqa tushdi. Ko‘nglidagi boyagina olamni zeru zabar etmoqqa qodirdek tuyulgan to‘fonlar tin olib, endi to‘lg‘oqli savollarga doya bo‘ldilar.
-Men... men... Tavrotni o‘qidim, Injilni o‘qidim... Qur’onni mutolaa etdim, yo Hazrat. Biroq yo‘l?!..
-Umringni sarhisob et, bolam. Dunyoda ikki mingdan ziyod ilohiy atalmish kitoblar bor. Keragini o‘qi va avvalo ko‘nglingda ixlosni bino et. So‘ng bu olamdagi vazifangni anglab yet-da, o‘sha vazifani ado ayla. Murodingning qolganlari o‘zi keladi. Yo‘l ham, najot ham ixlos hamda vazifada.
-Endi esa yo‘llarimni, yo‘limni anglayotgandekman. Yurtimga qaytib, ulkan cherkovni buzaman- da, uning o‘rnida muhtasham masjid barpo etaman.
-Yo‘lni xato tanlama, bo‘tam, haddingni bil. Ul cherkovning ham o‘z sohiblari, ul dinning ham o‘z avliyolari bor. Ularning ruhini chirqiratma. Masjidni boshqa yerga qur.
Savollar nihoyasiz edi. Nuroniy zot bo‘lsa javobdan charchamasdi. Ovozida ozgina bo‘lsin malol yoxud zarda sezilmasdi.
-Boshimizda turgan koinot cheksiz-chegarasiz. Uning oxir haddini O’zidan o‘zga kimsa bilmaydi. Shul kabi bu cheksizlik qa’rida behisob yo‘llar, yulduzu sayyoralar bor. Ammo ularning barchalarining adog‘i Mehvari Muazzamda tutashgusidir. Bu nimarsalarni biron-bir din ta’rifida turib anglab bo‘lmiaydi. Ularning har biri va Mehvari Muazzam oralig‘dagi sirli ma’voni izlamoq hamda ilg‘amoq zarur. Haqiqat ana o‘sha yerda.
O’zi tuzgan bu borliqda O’zi bor va Iblis bor. Ya’ni Ezgulik hamda Yovuzlik mavjud va ularning oralig‘i mavjud.
Bani bashar bu olamda qo‘nim topgandan buyon ne-ne mukarram zotlar yashab o‘tmadilar. Ularning har birlari bir sayyora, bir yulduz bo‘la oladilar. Dinlari turfa, millatlari turfa, lekin maslagu murodlari bir- ezgulik edi. Ularning qalblarida O’zi yashardi. Illo bu zotlarga ham biron bir din yoxud milliy tamoyillar tarafida turib haq bahoni bermoq dushvor va ularni anglamoq mushkul. Shunday ekan, Haqiqat barqaror bo‘lgan oraliqni-sirli ma’voni izla!..
Uning shuuri oydin-oydin edi. Nuroniy zot so‘zlagani sari vujudi huzurbaxsh jimirlab, o‘zga bir olamga singib borayotgandek bo‘lardi. U ro‘baro‘sidagi kishining so‘zdan to‘xtamog‘ini sira-sira istamasdi.
Nuroniy zot esa mudom so‘zlar, hikoya qilardi. Uning ovozi o‘zga bir olamdan, sirli bir ma’vodan eshitilayotgandek tuyulardi...
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!

Password: turklib

Поделитесь записью в соцсетях с помощью кнопок:

Просмотров: 2931
Рейтинг:
  • 0