Mirzo Bobur g'azallari - Maqom oqshomi

24.10.13 | yabgu

http//photoload.ru/data/96/27/74/9627741872e285403ab865b0b4527989.jpg


Mirzo Bobur g'azallari - Maqom oqshomi
Artist: Various
Publisher: Turkiston Kutubxonasi
Publication date: 2010
Format / Quality: Youtube
Time:40 min
Language:Uzbek




:
Zahiriddin Muhammad Bobur (14831530) Ulugʻ oʻzbek shoiri, mutafakkir, tarixchi va davlat arbobi; markazlashgan davlat va boburiylar saltanati asoschisi.

Hayoti

Zahiriddin Muhammad Bobur Andijon (1483 y. 14 fevral)da tugʻilgan. Amir Temurning beshinchi avlodi, Fargʻona hukmdori Umarshayxning farzandi. Bobur 12 yoshda (1494) taxtga chiqdi. 15031504 yillarda Afgʻonistonni egalladi. 15191525 yillarda Hindistonga 5 marta yurish qiladi. Uch asrdan ortiq davom etgan (15261858 y.y.). boburiylar saltanatiga asos solgan, 26 dekabr 1530 yil Agra, Indiyada vafot etkan. Qabri keyinchalik vasiyatiga koʻra Qobulga koʻchirilgan.

Lirik merosi

Qobul devoni (1519)ga, 1528-29 yillarda Hind devoni ga jamlangan. Toʻliq devon tuzgani haqida maʼlumot bor. Sheʼrlarining umumiy hajmi 400 dan ortadi. Shundan 119 gʻazal, 231 ruboiy va tuyuq, qitʼa, fard, masnaviy kabi janrlarda asarlar yaratgan. Sheʼrlarini mavzu jihatidan oshiqona, taʼlimiy, tasavvufiy, hasbi hol kabi turlarga ajratish mumkin. Bobur sheʼriyati intellektual qalb izhori sifatida arqoqlidir. Uning asarlari samimiy, ravon, usluban tugal va mushakkaldir. Bobur ruboiy janrini turk adabiyotida dunyoga olib chiqqan shoirdir.

Boburning ulugʻ asari Boburnoma boʻlib, uni Vaqoe deb ham nomlaydilar. Buyuk memorial asarda 14941529 yillari Markaziy va Kichik Osiyoda, Yaqin va Oʻrta sharq mamlakatlarida kechgan voqealar bayon etilgan. Boburnomaning oʻndan ortiq qoʻlyozma nusxalari bor. Asarni Qozonda N.I. Ilminskiy (1857), Londonda Beverij xonim nashr (1905) etgan. Oʻzbekistonda dastlab professor Fitrat 1928 yilda asardan parchalar eʼlon qildi. Boburnomaning 19481949 yillarda ikki jildli; 1960, 1989 yillarda tuzatilgan, 2002 yilda toʻldirilgan qayta nashri amalga oshirildi.

Boburning nashr qilingan asarlari Boburnomani Abdurahim xoni xonon (1586) fors tiliga, Vitsen (1705) golland tiliga, J.Leyden (1826) va V.Erskin ingliz tiliga, Pavel de Kurteyl (1871) fransuz tiliga, Rashit Rahmati Arat (1940) turkchaga, Mixail Sale (1943) ruschaga tarjima qilganlar. 18261985 yillar davomida Boburnoma 4 marta ingliz (1826,1905,1921,1922), 3 marta fransuz (187, 1980, 1985), 1 marta nemis (1878) tiliga oʻgirilgan.

Yangi alifbo-"Xatti Boburiy"ni (1504) kashf qildi. Unda sheʼrlar yozdi va Quron koʻchirtirdi.

Boburning soliq ishlari haqida maʼlumot beruvchi Mubayyinul-zakot (1521), aruz vazni haqidagi Risolai aruz (1523-25) kabi asarlari bor. Aruz risolasida turkiy aruzning tabiati, taraqqiyoti va sheʼriy asarlardagi koʻrinishlari; aruzning 272 vazni va 21 bahriga ilmiy sharhlar berilgan. Xoja Ahror Valining Volidiya asarini oʻzbekchaga sheʼriy tarjima qilgan. Boburning Harb ishi, Musiqa ilmi nomli asarlar yaratgani haqida ham maʼlumot bor. Ammo, ular topilgan emas.

Javohirlal Neru, M.Gandi, A.K.Singxa, B.A.Luniya kabi davlat va fan arboblari Bobur va boburiylarning Hindiston taraqqiyotidagi, jahon sivilizatsiyasidagi mavqeini haqqoniy eʼtirof etgan.

Bobur ijodi bilan xorijiy olimlardan U.Erskin, S.M.Edvards, A.Beverij, X. Beverij, R.M.Kaldekot, Ch.Stori, E.Xolden, L.U.King. F.J.Talbot, D.Ross, J.Elfiniston, I.Mano; F.Koʻprulu, Z.Mansuriy, A.K Singxa, R.Sharma, R.R.Arat, H.Boyir, Sh.Yorqin; N.Ilminskiy, N.Veselovskiy, A.Samoylovich, M.Sale, I.V.Stebleva; oʻzbek olimlari Fitrat, P.Shamsiev, H.Yoqubov, V.Zohidov, S.Azimjonova, A.Qayumov, A.Abdugʻafurov, Gʻ.Salomov, N.Otajonov, B.Qosimov, S.Hasanov, H.Boltaboev v.b. shugʻullanganlar. Oʻzbekiston Milliy universiteti olimlari Boburning sheʼriy mahorati, Mubayyin asari borasida tadqiqotlar olib borishmoqda.
Boburning ramziy qabri

Bobirnoma mavzusida qator badiiy asarlar ham yaratilgan. Flora Anna Stilning Boburxon (Parij, 1940), Fernard Grenardning Bobur (Parij, 1930), Harold Lembning Bobur-yoʻlbars (Nyu-York, 1961) romanlari, Vambek Gaskonining Bobur va uning avlodlari yoki Buyuk moʻgʻullar (Nyu-York, 1980) esse-romanlari shular jumlasidandir. Hindistonlik Muni Laʼl boburiylar haqida 6 ta roman yozgan. Oʻzbek adabiyotida Oybek, P.Qodirov, B.Boyqobilov, X.Sultonov, X.Davron Boburga bagʻishlab roman, qissa va dostonlar yaratdilar.

Bobur nomida xalqaro ilmiy eksriditsiya mavjud boʻlib, uning aʼzolari Bobur qadamjolari boʻylab besh marta safar uyushtirdilar. Ekspeditsiya materiallari asosida Bobur va uning jahon sivilizatsiyasida tutgan oʻrni memorial muzeyi tashkil qilinib, uning jamgʻarmasida Bobur nomi bilan bogʻliq 500dan ortiq kitob va manbalar bor. Andijonda Bogʻi Bobur tashkil qilinib, buyuk shoirning hoki keltirilgan ramziy qabr bor, Ark ichi memorial kompleksi Bobur yashagan davr haqida maʼlumot beradi.

:

: 16266
:
  • 4